Rasman! APLda iste’fo yuz berdi

  • 3 dekabr, 2018, 18:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning "Sautgempton" klubi o‘zining rasmiy saytida jamoa bosh murabbiyi Mark Xyuzni iste’foga chiqarilgani haqida e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra APL jamoasi qayd etilayotgan qoniqarsiz natijalar sabab 55 yoshli mutaxassisni o‘z lavozimidan ozod etgan. Endi Xbyuzning o‘rniga jamoani Kelvin Devis boshqarib turadi. U 5 dekabr kuni APLning 15-turi doirasida “Tottenxem”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinga jamoani tayyorlaydi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq ushbu lavozimga Brendan Rojers va Leonardu Jardimlarning nomzodlari ko‘rib chiqilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, "Sautgempton" ayni damda premer-liganing ortda qolgan 14ta turi yakunlariga ko‘ra 9 ochko bilan 18-pog‘onasini egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!