Rasman! Alkaser "Borussiya" a’zosiga aylandi (FOTO)

  • 28.08.2018 22:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Borussiya" Dortmund klubi "Barselona" hujumchisi Pako Alkaserni o‘z safiga qo‘shib olgani haqida e’lon qildi.

Unga ko‘ra nemis klubi 24 yoshli ispaniyalik futbolchini 2 million evro evaziga bir mavsumga ijaraga olishgan. Kelishuvga ko‘ra ushbu muddat yakunlangach "Borussiya" Alkaserni 23-28 million evro evaziga to‘liq sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Pako Alkaser "Barselona" safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida ushbu jamoada 50ta o‘yinda maydonga tushgan va 15ta golga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!