
Rasman! Anvar Soliev "Surxon" jamoasining vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlandi (foto)
Yig‘ilishni "Surxon" futbol klubi vitse - prezidenti Baxrom Mamatkulov olib bordi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Bugungi kun tartibida asosiy masala "Surxon" futbol klubi bosh murabbiy vazifasini bajarib kelgan Ilxom Mo‘minjonov, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi qaroriga qo‘ra vaqtincha futboldan chetlashtirilganligi sabab, o‘z vazifasidan ozod etiladi", - dedi Baxrom Mamatkulov o‘z nutqida.
Shu kunga qadar "Surxon" futbol klubida sport direktori lavozimida ishlab kelayotgan Anvar Soliev esa, "Surxon" jamoasining vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Barchamizga o‘zining "Paxtakor", "Navbahor" "Bunyodkor" jamoalarida futbolchilik faoliyati bilan tanilgan Anvar Soliev, o‘tgan mavsumda Namanganning "Navbahor" jamoasida ham sport direktori lavozimida faoliyat yuritgan edi.
Fikrlar