
Rasman! “Bavariya” yosh iqtidorni sotib oldi
Germaniyaning “Verder” klubi yarim himoyachisi Serj Gnabrini “Bavariya” jamoasi sotib oldi. Bu haqda myunxenliklarning rasmiy sayti xabar bermoqda.
Gnabri bilan uch yillik shartnoma imzolangan. Bild nashri xabariga ko‘ra, mazkur transfer myunxenliklar uchun 8 mln evroga tushgan.
Ma’lumot uchun, Gnabri o‘tgan yozda Londonning “Arsenal” jamoasidan 5 mln evro evaziga “Verder” safiga kelib qo‘shilgan edi. Yakunlangan mavsumda Serj Bundesligada 27 ta o‘yinda ishtirok etdi va 11 ta gol kiritib, bitta golga assistentlik qildi.
Fikrlar