
Rasman! "Bayer" ustozi endi Krimetsni shug‘ullantiradi
Leverkuzenning “Bayer” jamoasini boshqargan Rojer Shmidt rasman Xitoyning “Beyjing Goan” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Xabarlarga qaraganda 50 yoshli mutaxassis bugun xitoyliklar bilan 2,5 yillik shartnomaga imzo chekkan. Ta’kidlash kerakki, Shmidt joriy yilning mart oyida qoniqarsiz natijalari sabab “Bayer”dan iste’foga chiqarilgandi. U leverkuzenliklarni 2014 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Egor Krimets to‘p suradigan “Beyjing Goan” Xitoy superligasining o‘tgan 12 tur natijalariga ko‘ra musobaqa jadvalining 12-pog‘onasida bormoqda.
Fikrlar