
Rasman! "Borussiya" Dortmund "Barselona" hujumchisini sotib oldi
Dortmundning "Borussiya" klubi "Barselona" hujumchisi Pako Alkaserning transfer huquqini to‘liq sotib oldi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra nemis grandi 25 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun kataloniyaliklarga 21 mln evro to‘ladi. Kelajakda esa “Barsa” bonus sifatida yana qo‘shimcha 5 mln evro ishlab olishi mumkin. Pako esa dortmundliklar bilan 2023 yilgacha shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tish lozimki, “Borussiya” Alkaserni yozda 2 mln evro evaziga “Barselona”dan bir mavsumga ijaraga olgan edi. U joriy mavsum Bundesligada jami 8ta o‘yinda maydonga tushib raqiblari darvozasiga 6ta gol urishga erishdi.
Fikrlar