
Rasman! Davron Hoshimov – “Lokomotiv” futbolchisi
So‘nggi yillarda "Paxtakor" va "Navbahor" jamoalarida munosib o‘yin ko‘rsatib, O‘zbekiston milliy termasining asosiy tarkib futbolchisiga aylangan Davron Hoshimov "Lokomotiv" bilan 2 yillik kelishuvga erishdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Osiyo Kubogida munosib ravishda termamiz sharafini himoya qilgan o‘ng qanot himoyachisi "temiryo‘lchilar" a’zosiga aylandi.
"Lokomotiv" ayni damda bir necha futbolchilar bilan muzokaralar olib bormoqda va qaynoq transferlarni e’lon qilishga tayyorlanayotgani aytilmoqda.
Davron Hoshimov
1992 yilning 24 noyabr kunida tug‘ilgan
2011-2017 "Paxtakor" 148 o‘yin (12888 daqiqa), 5 gol
2018 "Navbahor" 24 o‘yin (2049 daqiqa)
Fikrlar