Rasman! Janfranko Zola "Chelsi"ga qaytdi

  • 19 iyul, 2018, 09:57
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi afsonalaridan biri hisoblangan Janfranko Zola yana "Stemford Brij"ga qaytdi. Bu haqda “aristokratlar” rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra 52 yoshli mutaxassis “Chelsi”ning yangi ustozi Mauritsio Sarriga assistentlik qiladi.

Ma’lumot uchun, Janfranko Zola 1996- 2003 yillarda “aristokratlar” sharafini himoya qilgan va 287ta uchrashuvda maydonga tushib, 70ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!