Rasman: Memfis Depay “Lion” a’zosiga aylandi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamaosida to‘p surgan yarim himoyachi Memfis Depay rasman Frantsiyaning “Lion” jamaosi a’zosiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi yangi jamoasida 9-raqam ostida harakat qiladi. Avvalroq “Lion” gollandiyalik futbolchiga qiziqish bildirgani va tomonlar kelishuvga erishgani haqida xabar berilgandi.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, frantsiyaliklar 22 yoshli futbolchi uchun 16,5 million evro sarflagan. Eslatib o‘tamiz, Memfis Depay 2015 yilda PSVdan 25 million funt evaziga “MYu”ga o‘tgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!