Rasman: “Navbahor” Darko Stanoevich bilan 1 yillik shartnoma imzoladi
Kuni-kecha "Navbahor" safiga kelib qo‘shilgan serbiyalik tajribali himoyachi Darko Stanoevich bilan ham kelishuvga erishildi. Bugun futbolchi bilan bir yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolandi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.
Serbiyalik himoyachi jamoasi safida 44-raqam ostida harakat qiladi. Ayni paytda "lochinlar" asosiy tarkibida shug‘ullanayotgan 23 nafar futbolchining barchalari bilan shartnoma imzolab bo‘lindi.

“Navbahor” jamoasining tarkibi
Darvozabonlar: Akmal Ortiqov (“Olmaliq”), Asilbek Omonov (“Buxoro”), Nodir Ashurmatov (“Andijon”);
Himoyachilar: Tohir Shamshitdinov, Hasanboy Ergashev (“Sho‘rtan”), Jahongir Mehmonov (“Neftchi”), Abbos Otaxonov (“Paxtakor”), Alisher Samatov (“Neftchi”), G‘iyos Komilov (“Mash’al”), Darko Stanoevich (“Novi Pazar”, Serbiya);
Yarim himoyachilar: Dilshod Jabborov, Ilhom Boydedaev, A’zam Aliev, Azizbek Turg‘unboev, Alisher Mirzaev (“Paxtakor”), Ravshan Xursanov (“Paxtakor”), Mirzohid G‘ofurov (“Mash’al”), Oybek Qilichev (“Perak”, Malayziya), Mansur Saidov (“Neftchi”);
Hujumchilar: Abduaziz Sultonov (“Xotira-79”), Timur Tolipov (“Paxtakor”), Nemanya Yovanovich (“Qizilqum”), Ro‘zimboy Ahmedov (“Andijon”).
Izoh: Qavs ichida bu yil jamoaga taklif etilgan futbolchilarning oldingi klubi ko‘rsatilgan.

Fikrlar