Rasman! "Qo‘qon-1912" Javohir Sidiqov va Nikita Ribkinning transfer huquqini qo‘lga kiritdi

  • 24 iyul, 2017, 15:04
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

O‘zining ajoyib o‘yinlari bilan muxlislaru mutaxasislarning nazariga tushgan iqtidorli yarim himoyachi Javohir Sidiqov “Qo‘qon-1912” jamoasining to‘laqonli a’zosiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. 

O‘tgan mavsumda “Paxtakor” jamoasidan ijara asosida olingan Javohir oliy ligadagi debyut o‘yinini aynan “Qo‘qon-1912”da o‘tkazdi. Bosh murabbiy No‘’mon Hasanov unga qo‘rqmasdan imkoiyat berib, chin ma’nodagi iqtidorni kashf qildi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. 

O‘zbekistonning turli yosh toifasidagi terma jamoalarida ham o‘zining chiroyli o‘yinlarini namoish qilib kelayotgan Javohir Sidiqovning transfer huquqlari endi qo‘qonliklarga tegishli bo‘ldi. Toshkentning “Paxtakor” jamoasi uni erkin agent sifatida jamoamizga qo‘yib yubordi. 

Shuningdek, “Paxtakor”dan ijaraga olingan darvozabon Nikita Ribkin xam endilikda huquqiy jihatdan "Qo‘qon-1912"ga tegishli bo‘ldi. Klub Ribkinning transfer huquqlarini “Paxtakor”dan sotib oldi. 

“Paxtakor” jamoasidan ijaraga olingan yana bir futbolchi Andrey Sidorov esa ikki tomonning kelishuviga asosan o‘z jamoasiga qaytib ketdi. “Paxtakor” Andrey Sidorovni Samarqandning “Dinamo” jamoasiga ijaraga berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!