Rasman! “Qo‘qon-1912” “Obod” sardorini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 19 iyul, 2017, 00:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qo‘qon-1912” jamoasining Chirchiq shahridagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari davom etmoqda. Jamoaning uch nafar futbolchisi O‘zbekiston milliy terma jamoa yig‘iniga ketganligidan xabaringiz bor.  Qolgan futbolchilar No‘’mon Hasanov boshchiligida mashg‘ulotlarga zo‘r berishmoqda. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Serbiyalik Darko Gojkovich kechadan mashg‘ulotlarga qo‘shilgan. Filip Rayevats esa bugun tongda Toshkentga etib keldi.

Muxlislar uchun bir yangilik, “Qo‘qon-1912” o‘z safiga yana bir futbolchini qo‘shib oldi. Toshkentning “Obod” jamoasi sardori Doniyorbek Hasanov   ikkinchi davrani “Qo‘qon-1912” jamoasida o‘tkazadigan bo‘ldi. Doniyor Hasanov asosan maydon markazida harakat qiluvchi futbolchi xisoblanadi.

“Obod” jamoasining “motori” xisoblangan  Doniyor Hasanov o‘zining ajoyib o‘yinlari bilan muxlis va mutaxasislarning nazariga tushib ulgurgan.

Jamoa o‘zining navbatdagi nazorat o‘yininini 21 iyul kuni Toshkentda “Neftchi” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!