
Rasman! Valverde "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirdi
Yangi kelishuv 2020 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan va yana bir yilga uzaytirilishi ham mumkin.
Ma’lumot uchun. Valverde 2017 yil yozda "Atletik"dan "Barselona" bosh murabbiyligiga o‘tgan edi. Uning qo‘l ostida kataloniyaliklar Ispaniya chempioni bo‘lishdi va mamlakat kubogini qo‘lga kiritishdi.
Ayni paytda "ko‘k-anor ranglilar" Ispaniya La Ligasida 23-turdan so‘ng 51 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar