Ravshan Haydarov OCh saralashiga 22 nafar futbolchini jalb etdi

  • 12 iyul, 2017, 08:08
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-22terma jamoasi 12 iyul kuni BAAga jo‘nab ketishi haqidda avvalroq xabar berilgan edi.

15-19 iyul kunlari BAAning Dubay shahrida kelasi yili Xitoyda bo‘lib o‘tadigan U-23yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi Osiyo Chempionati saralash bahslari Dguruhi uchrashuvlari o‘tkaziladi. Ushbu saralash guruhida mezbon BAA, O‘zbekiston, Livan hamda Nepal yoshlar termalari Osiyo Chempionati final bosqichi yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi.

O‘zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov mazkur saralash turniriga jami 22 nafar futbolchini jalb etgan. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi saralash bahslarini 15 iyul kuni Livanga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Ravshan Haydarov jamoasi ikkinchi turda Nepal, turnirning so‘nggi turida esa, BAA yoshlariga qarshi bahs olib boradi.

U-22 yoshlar o‘rtasidagi OCh saralashi uchun chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati:

Darvozabonlar:

Dilshod Hamraev (“Bunyodkor”)

Umidjon Hamroev (“Nasaf”)

Botirali Ergashev (“Paxtakor”).

Himoyachilar:

Abbos Otahonov (“Paxtakor”)

Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”)

Husniddin G‘ofurov (“Neftchi”)

Xurshid G‘iyosov (“Bunyodkor”)

Abdujamol Isroilov (“Dinamo”)

Islomjon Qobilov (“Metallurg”)

Dostonbek Tursunov (“Metallurg”)

Akrom Komilov (“Bunyodkor”)

Yarim himoyachilar:

Azizjon G‘aniev (“Nasaf”)

Jasur Yaxshiboev (“Paxtakor”)

Javohir Siddiqov (“Qo‘qon-1912”)

Doniyor Narzullaev (“Nasaf”)

Sharof Muhitdinov (“Nasaf”)

Odiljon Hamrobekov (“Nasaf”)

Nurillo To‘xtasinov (“Bunyodkor”)

Hujumchilar:

Bobir Abduholiqov (“Nasaf”)

Zabihillo O‘rinboev (“Paxtakor”)

Behzod G‘anijonov (“Qizilqum”)

Andrey Sidorov (“Qo‘qon-1912”)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!