
"Real" - MYu. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi kimligi ma’lum bo‘ldi
Bundan biroz oldin Makedoniyaning Skope shahridagi “Filipp II” stadionida “Real” xamda “Manchester Yunayted” jamoalari o‘rtasida UEFA Superkubogi uchun bo‘lib o‘tgan uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi.
Unda “qirollik klubi” 2:1 hisobida Joze Mourino boshqaruvidagi “qizil iblislar”dan ustun keldi.
UEFA rasmiy saytining xabar berishicha, mazkur bahsda “Real”ning ikkinchi goliga mualliflik qilgan Isko uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
25 yoshli futbolchi ushbu o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 74-daqiqada o‘z o‘rnini Lukas Vaskesga bo‘shatib berdi.
Fikrlar