
"Real" Levandovski uchun 100 mln dollar taklif qilib, "Chelsi"ni quruq qoldirmoqchi
Londonning “Chelsi” klubi yozgi transferlar mavsumida “Bavariya” jamoasidan polshalik hujumchi Robert Levandovskini xarid qilishiga umid qilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, “Bavariya” Levandovskining transferi borasida boshqa jamoalardan tushayotgan takliflarni ham ko‘rib chiqmoqchi. “Chelsi”dan tashqari 29 yoshli futbolchining xizmatlariga “Real” jiddiy qiziqish bildirmoqda va uning uchun 100 mln dollar berishga tayyor.
“Chelsi” shuningdek, “Yuventus”dan Gonsalo Iguainni ham sotib olmoqchi, ammo londonliklarning asosiy maqsadi hozircha Levandovski bo‘lib turibdi.
Jamoaning yangi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri tez orada ikki hujumchidan birini tarkibga qo‘shib olishini ma’lum qilgan. APLda transferlar mavsumi 9 avgustda yopiladi.
Fikrlar