“Real Madrid” – “Jirona” 3:1. Benzemadan dubl (Video)
Ispaniya Kubogi chorak final javob o‘yinida “Real Madrid” jamoasi safarda “Jirona” futbolchilariga qarsha bahs olib bordi.
Anchagina murosasiz kechgan bellashuvda madridliklar 3:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Karim Benzema ushbu o‘yinda dubl muallifiga aylandi.
Dastlabki o‘yinda 4:2 hisobida zafar quchgan “Real” musobaqaning yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Fikrlar