
"Real" Pochettino uchun "Tottenxem"ga 45 mln evro taklif qilmoqchi
Madridning "Real" klubi endi "Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino variantini ham o‘rganib chiqmoqda. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatdi.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qirollik klubi” argentinalik mutaxassisning shartnoma huquqini sotib olish uchun “shporlar”ga 45 mln evro taklif qilishmoqchi. Madridliklar rahbariyati Lopetegi o‘rniga aynan Pochettinoni ideal nomzod sifatida qaramoqda.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda “Real” katta ehtimol bilan ertaga bo‘lib o‘tadigan El Klasikodan so‘ng o‘z murabbiyini iste’foga chiqaradi.
Ma’lumot uchun, 46 yoshli Pochettino “Tottenxem”ni 2014 yildan buyon boshqarib kelmoqda, biroq u hozircha ushbu jamoa bilan birorta ham sovrin yutgani yo‘q.
Fikrlar