"Real" Xamesini "Arsenal"ga sotadimi yoki "Yuventus"ga?

  • 8 yanvar, 2019, 11:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi "Real" yarim himoyachisi Xames Rodrigesni sotib olishga jiddiy bel bog‘ladi.

Tecno

The Mirror tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar” 27 yoshli kolumbiyalik futbolchi uchun “qirollik klubi”ga 70,3 mln evro taklif qilishmoqchi. Ushbu transfer yozda amalga oshirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Xames so‘nggi ikki mavsumni “Bavariya” safida ijara asosida o‘tkazishmoqda. Kelishuvga ko‘ra muyunxenliklar mavsum yakunlangach uni 42 mln evroga sotib olish huquqiga ega. Ammo, nemis grandi uni sotib olishni rejalashtirmayapti.

Xames Rodriges uchun shuningdek “Yuventus” ham da’vogarlik qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Xames joriy mavsum 11ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!