
"Real" etakchilari Mourinoning jamoaga qaytishiga qarshi chiqishmoqda
Madridning “Real” klubi etakchilari Joze Mourinoning jamoaga qaytishiga qarshi chiqishmoqda.
El Confidencial nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” himoyachilari Serxio Ramos va Marselo portugaliyalik mutaxassisni "Santyago Bernabeu"da ko‘rishni istashmayapti va ular o‘zlarining bu boradagi fikrini jamoa prezidenti Florentino Peresga ham aytishgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq aynan Peres Lopetegining o‘rniga Mourinoni olib kelish istagida ekanligini ma’lum qilgan edi.
Ma’lumot uchun, Mourino “Real”ni 2010-2013 yillarda boshqargan va jamoa bilan Ispaniya chempionati, Kubogi va Superkubogida zafar quchgan.
Fikrlar