"Real" hujumchisi safdan chiqdi
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchining olgan jarohati tufayli "Vilyarreal"ga qarshi kechadigan bellashuvda ishtirok etmaydi.
Ma’lumot uchun, dominikanlik forvard joriy mavsumda La Ligada faqat birgina o‘yinni asosiy tarkibda boshladi.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu jamoani tark etgach "Real" Marianoni 30 mln evro evaziga ortga qaytargan va unga portugaliyalikdan qolgan 7-raqamni bergan edi.
Fikrlar