
"Real" jiddiy yo‘qotishga uchradi yoxud Marselo noma’lum muddatga safdan chiqdi
Madridning "Real" klubi himoyachisi Marselo kecha La Liganing "Sevilya"ga (0:3) qarshi bahsida jarohat oldi.
Ispan OAVlari tarqatgan xabarga ko‘ra braziliyalik futbolchining son mushaklari shikastlangan. Uning qachon safga qaytishi esa hozircha ma’lum emas.
Qayd etish lozimki, Marselo jarohat olgan paytda “Real” ustozi Xulen Lopetegi o‘yindagi barcha almashtirishlardan foydalanib bo‘lgan edi. Shu bois “qirollik klubi” uchrashuvning so‘nggi daqiqalarini kamchilik bo‘lib o‘tkazishga majbur bo‘lishdi.
Fikrlar