"Real" kolumbiyalik futbolchi uchun 21 mln evrodan voz kechishga tayyor

  • 27.10.2018 15:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentinaning “Boka Xuniors” klubi xavbeki Vilmar Barrios “Real”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Tecno

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” skautlari 25 yoshli kolumbiyalik futbolchining o‘yinlarini ko‘pdan buyon kuzatib kelishmoqda. Shu bois madridliklar ushbu futbolchini uning shartnomasida ko‘rsatilgan 21 mln evro tovon pulini to‘lagan holda sotib olishi mumkin.

Ma’lumotlarga qaraganda Barrios uchun shuningdek APL grandlari ham kurash olib borishmoqda. Biroq, ushbu kurashda “Real”ning imkoniyatlari yuqoriroq baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!