“Real” muxlislari Ikardining jamoaga kelishini istashmoqda

  • 30 noyabr, 2017, 00:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning Marca nashri “qaysi hujumchi kelgusi mavsum “Real”da o‘ynashini istaysiz?” qabilidagi so‘rovnoma o‘tkazdi. Ular Fyodor Smolov, Timo Verner, Aleksis Sanches va Mauro Ikardilardan birini tanlash borasida muxlislarga murojaat etishdi.

Tecno

So‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, so‘rovnomada ishtirok etgan 46 % muxlislar Ikardini “Real”da ko‘rishni istayotganlari ma’lum bo‘ldi. Aleksis uchun 30 %, Verner uchun esa 17 % muxlislar ovoz berishgan bo‘lsa, rossiyalik forvardni “qirollik klubi”da ko‘rishni istaydiganlar esa 7 % ni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!