"Real" muxlislari uchun xushxabar! Isko qaytdi

Sentyabr oyi so‘nggida ispaniyalik futbolchisi ko‘richagini jarrohlik amaliyoti yordamida oldirib tashlagan edi. Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi bugundan mashg‘ulotlarga kirishgan.

U terma jamoalarning o‘yinlaridan keyinoq maydonga tushishga tayyor bo‘lishi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Isko bu mavsum "qirollik klubi" safida barcha musobaqalarda 6 ta bellashuvda ishtirok etdi va 2 ta gol  kiritib, yana shunchasiga hammualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!