
“Real” qishda Azarni xarid qilmoqchi
Madridning “Real” jamoasi qishki transfer oynasida “Chelsi” yarim himoyachisi Eden Azarni xarid qilishga urinib ko‘radi. Bu haqda Cadena Ser radiosi ma’lum qilmoqda.
Belgiyalik futbolchining “Chelsi” bilan amaldagi kelishuvi 2020 yilda o‘z yakuniga etadi. Madridliklar shartnomasi tugayotgan futbolchining ushbu vaziyatidan unumli foydalanib qolmoqchi.
Ispaniya chempionatida omadsizlikka uchrayotgan “Real” asosiy e’tiborni EChLga qaratib, Azar orqali o‘yinni kuchaytirmoqchi. Yarim himoyachining o‘zi “Real”da to‘p surish orzusi bor ekanini yashirmagan.
Fikrlar