
"Real" safiga yangi hujumchi kelishi aniq bo‘ldi
Madridning "Real" klubi safiga tez orada yangi hujumchi kelib qo‘shiladi. Bu haqda ActuFoot nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra "qirollik klubi" "Lion"da to‘p surayotgan tarbiyalanuvchisi Mariano Diasni qaytarib sotib olish huquqidan foydalanmoqchi va uni Madridga qaytarmoqchi. Xabarlarga qaraganda 25 yoshli futbolchi tez orada "Real"da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Lion" agar Dias jamoadan ketsa, uning o‘rniga "Seltik"dan Mussa Dembeleni xarid qilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar