
"Real" vakillari A Seriya yulduzini qo‘lga kiritish uchun Italiyaga yo‘l olishdi
Madridning "Real" klubi hamon "Latsio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savichni qo‘lga kiritishdan umidini uzmayapti.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” vakillari ayni damda ushbu transferni yakunlash uchun Italiyaga yo‘l olishgan. Ta’kidlash kerakki, 23 yoshli serbiyalik futbolchining transferi “Real”ga 100 milliondan kamiga tushmasligi aytilmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda Milinkovich-Savich madridliklar safida “Chelsi”ga o‘tishi kutilayotgan Mateo Kovachichning o‘rnini egallashi mumkin.
Fikrlar