“Real” vakillari Braziliyaga borishdi va Neymar bilan muzokaralarni boshlashdi
Madridning “Real” klubi vakillari PSJ forvardi Neymar bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Braziliyaning San-Paulu shahriga kelishdi. Bu haqda Paris United nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaning xabar berishicha madridliklar Neymarni joriy yozgi transferlar chog‘idayoq sotib olishmoqchi. Ular 26 yoshli futbolchiga yaqindagina “Yuventus”ga o‘tib ketgan hujumchi Krishtianu Ronalduga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda.
Ta’kidlash kerakki, Neymarni qo‘lga kiritish “Real”ga oson bo‘lmasligi aniq. Chunki, PSJ ham etakchi futbolchisini qo‘yib yuborish niyatida emas.

Fikrlar