"Real" yangi darvozabonni qachon ommaga tanishtirishi ma’lum bo‘ldi

  • 22 iyul, 2018, 16:42
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi jamoa safiga yangi kelib qo‘shilgan ukrainalik darvozabon Andrey Luninni qachon ommaga tanishtirishi ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra Luninning taqdimot marosimi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da "Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, “Real” Lunin uchun “Zarya” klubiga 8,5 mln evro to‘lagan edi. Futbolchining “qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi esa 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!