
"Real" yozda bor e’tiborini Dibalani sotib olishga qaratadi
Madridning "Real" klubi o‘zining yozgi transferlar davridagi asosiy maqsadini ma’lum qildi. Bu haqda
The Sun nashri tarqatgan xabarga qaraganda “qirollik klubi” mavsumlar oralig‘ida bor e’tiborini “Yuventus” forvardi Paulo Dibalani sotib olishga qaratadi. Buning uchun ular turinliklarga 100 mln evrodan ko‘proq taklif qilishga tayyor. Bundan tashqari “Real” ushbu transferga yarim himoyachisi Iskoni ham qo‘shishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Dibala joriy mavsum “Yuventus” safida jami 25ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7ta gol va 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “keksa sinora” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar