“Real” – “Bavariya” uchrashuviga oid qiziqarli faktlar

So‘nggi ikki yilda ikkinchi bor “Bavariya” EChL pley-off bosqichida “Real”dan uchralgan 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng Madridga g‘alaba ilinjida yo‘l olmoqda.

• “Real” EChLda ketma-ket uchinchi marta finalga chiqishga yaqin turibdi va bu ishni amalga oshirish uchun yaxshigina sharoit yuzaga kelgan;

• 25 aprel sanasida Myunxendagi o‘yinda Joshua Kimmix mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan edi. Biroq Marselo hamda zahiradan o‘yinga qo‘shilgan Asensiolarning gollari “qirollik klubi”ga safardan g‘alaba bilan qaytish uchun etarli bo‘lgan;

• EChL tarixida faqatgina ikki bor o‘z uyida mag‘lub bo‘lgan jamoa kelgusi bosqichiga chiqishga erishgan xolos. 1995/96 yilgi mavsum yarim finalida “Ayaks” o‘z maydonida Gretsiyaning “Panatinaikos” klubiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy beradi. Biroq o‘shanda amsterdamliklar javob bahsida 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasiga ega chiqishgan. 2010/11 yilgi mavsum 1/8 final bosqichida “Bavariya” Milanda “Intern”ni 1:0 hisobida mag‘lub etib qaytadi. Javob bellashuvida 3:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritgan “neradzurrilar” safarda kiritilgan gollar hisobiga chorak final yo‘llanmasiga ega chiqishadi;

• “Real” va “Bavariya” EChLda o‘zaro eng ko‘p to‘qnash kelgan juftlik sanaladi va bu yilgi bahslar ular uchun EChL yarim finalidagi o‘zaro ettinchi qarama-qarshilik bo‘lmoqda;

• “Real” ketma-ket 8 yildirki klublar miqyosidagi eng nufuzli turnir yarim finalida o‘ynab kelmoqda va bu rekord natija sanaladi. “Bavariya” esa so‘nggi 7 yil ichida 6 bor final ostonasiga qadar etib kelishga erishdi;

• “Real” “Bavariya”ni so‘nggi 6 o‘yinning barchasida mag‘lub etib kelmoqda bu o‘yinlardagi to‘plar nisbati 15:5 ni tashkil etadi;

• Krishtianu Ronaldu 25 apreldagi o‘yinda gol kirita olmadi, biroq uning hisobida “Bavariya”ga qarshi 7 o‘yinda kiritilgan 9 ta gol bor;

• Yodingizda bo‘lsa o‘tgan yil chorak finalda ham bu jamoalar to‘qnash kelgan va Myunxendagi ilk o‘yinda madridliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgan edi. O‘shanda jamoalar quyidagi tarkibda o‘ynashgan

"Real": Navas, Karvaxal, Nacho, Ramos, Marselo, Kazemiro, Modrich, Kroos (Kovachich 114), Isko (Vaskes 71), Benzema (Asensio 114), Ronaldu.

"Bavariya": Noyer, Lam, Xummels, Boateng, Alaba, Xabi Alonso (Myuller 75), Tyago, Vidal, Riberi (Duglas Kosta 71), Robben, Levandovski.


Madridda kechgan va 4:2 hisobidagi “qirollik klubi”ning g‘alabasi bilan yakuniga etgan bellashuvda esa quyidagi futbolchilar maydonda harakatlanishgan.

"Real": Kasilyas, Karvaxal, Ramos, Pepe (Varan 73), Koentrau, Alonso, Isko (Ilyarramendi 82), Modrich, Di Mariya, Ronaldu (Beyl 73), Benzema.

"Bavariya": Noyer, Lam, Boateng, Dante, Alaba, Rafinya (Xavi Martines 66) Shvaynshtayger (Myuller 74), Kroos, Robben, Riberi (Gettse 72), Mandjukich.

• Umuman ushbu jamoalar shu vaqtga qadar EChL bahslarida 25 bor to‘qnash kelishgan va “Real” 12, “Bavariya” esa 11 bahsda g‘alaba qozongan. Faqatgina ikki bellashuvda kuchlar teng kelgan. “Bavariya” “Real” darvozasiga 37 bor, madridliklar esa raqib darvozasiga 39 marta yo‘l topishgan.

• “Real” 28 marta yarim finalda o‘ynagan va shularning 15 tasida finalga chiqishgan erishgan bo‘lsa, 13 tasida esa kurashni final ostonasida to‘xtatgan.

• “Real” EChLda 4 bahsda penaltilar seriyasida ishtirok etgan va shularning yarmida g‘alaba qozonib, yarmida mag‘lub bo‘lgan

5:3  "Atletiko", EChL-2015/16, final

1:3  "Bavariya", EChL-2011/12, Yarim final

3:1  "Yuventus", EChK-1986/87, ikkinchi bosqich

5:6 "Tsrvena Zvezda", KEK-1974/75, Chorak final


• “Bavariya” 11-marta EChL yarim finaliga chiqmoqda va yarim finallar soni bo‘yicha “Barselona”ga etib oldi. Bu boradagi mutlaq etakchi esa “Real” (13) sanaladi;

• “Bavariya” yarim finalga etib kelgan oxirgi 3 ta bahsning barchasida kurashni aynan ushbu bosqichda yakunlashiga to‘g‘ri kelgan;

• “Bavariya” ispan klublariga qarshi safarda kechgan o‘yinlarda 7 bor g‘alaba qozonib, 5 marta durang o‘ynagan va 15 bellashuvda mag‘lub bo‘lgan;

• Myunxenliklar UEFA tassarrufidagi turnirlar doirasida pley-off bosqichidagi o‘z maydonida o‘tgan bahslarda jami 5 bor mag‘lub bo‘lgan. Faqatgina 2 marta kambek amalga oshirib jamoa keyingi bosqichga chiqishga erishgan. So‘nggi bor bunday holat 1995/96 yilgi UEFA kubogida “Lokomotiv” (0:1, 5:0) bilan bahsda qayd etilgan edi;

• “Bavariya” penaltilar seriyasida ancha katta tajribaga ega jamoa sanaladi. Ular o‘zlari ishtirok etgan futbol lotoreyalarining faqatgina bittasida mag‘lub bo‘lishgan.

5:4  "Chelsi", UEFA superkubogi-2013

3:4  "Chelsi", EChL-2011/12, final

3:1  "Real", EChL-2011/12, yarim final

5:4  "Valensiya", EChL-2000/01, final

9:8 PAOK, UEFA kubogi, ikkinchi davra

4:3  "Otvidaberg", EChK-1973/74, birinchi davra.

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!