
"Real"ning 4 nafar etakchisi Lopetegidan norozi
“Real” Madrid klubining 4 nafar etakchi futbolchisi jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegining ishidan norozi bo‘moqda.
Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra darvozabon Keylor Navas, himoyachi Marselo va yarim himoyachilar Isko hamda Lukas Vaskeslarning 52 yoshli ispaniyalik mutaxassis bilan munosabatlari u qadar yaxshi emas. Ushbu to‘rt futbolchining barchasi Lopetegidan o‘zlariga nisbatan ko‘proq ishonch bildirishini kutishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Real" ayni damda 13 ochko bilan musobaqa jadvalida "Barselona"dan so‘ng 2-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar