
"Real"ning 4 nafar futbolchisi ta’tildan qaytib keldi
Bugun “Real” klubining 4 nafar a’zosi ta’tildan qaytib keldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unga ko‘ra himoyachi Nacho Fernandes, yarim himoyachi Toni Kroos hamda jamoa vingerlari Lukas Vaskes va Marko Asensiolar maroqli xordiqdan so‘ng yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlashgan. Bundan tashqari bugun jamoaning ertalabki mashg‘ulotlariga jamoa prezidenti Florentino Peres ham tashrif buyurgan.
Fikrlar
ОЛҒА СПОРТС УЗ !!!