Remzining yirtilgan oyog‘i stepler o‘qlari bilan birlashtirildi (FOTO)
“Arsenal” jamoasi yarim himoyachisi Aaron Remzi TsSKAga qarshi (2:2) kechgan Evropa Ligasi chorak final javob o‘yinida jarohat oldi.
To‘qnashuvlardan birida uelslik futbolchining oyoq terisi yirtilib ketdi va shifokor yirtilgan qismni birlashtirish uchun stepler o‘qlaridan foydalandi. Remzi “davolangan” oyog‘i suratini “Instagram”dagi sahifasiga yukladi.

Jarohatga qaramay, Aaron o‘yinni davom ettirdi va uchrashuv yakunida gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar