Riberi "Bavariya" mashg‘ulotlarida qatnashmadi

  • 17 sentabr, 2018, 19:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Frank Riberi jamoa mashg‘ulotlariga kelmadi. Bu haqda klub rasmiy tvitteri xabar bermoqda.

Ta’kidlash kerakki, 35 yoshli frantsiyalik futbolchi Bundesliganing “Bayer”ga qarshi o‘tgan uchrashuvida murabbiy uni maydonga tushirmagani uchun jahl qilib o‘yin yakunlanishidan 7 daqiqa avval stadionni tark etgan edi. Nemis matbuotining yozishicha bu ushbu holat bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Riberi joriy mavsum “Bavariya” safida jami 4ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!