
Riberi "Bavariya" tarixiga kirdi
Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Frank Riberi Germaniya Bundesligasi 16-turidan o‘rin olgan "Keln"ga qarshi bahsda maydonga tushdi.
Bu frantsiyalik futbolchining "Bavariya" safida o‘tkazgan 376 o‘yini bo‘ldi va u klub tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan legioner futbolchiga aylandi.
34 yoshli futbolchi bu borada 365 ta o‘yinga ega bo‘lgan Xasan Salixamijichni ortda qoldirdi.
Fikrlar