
Rigada stol tennisi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Xalqaro turnirda vakillarimiz umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi (foto)
Riga (Latviya) shahrida Evropa va Osiyoning eng kuchli o‘smir sportchilari o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha Xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.
Unda mamlakatimizdan 11 nafar sportchi va 2 nafar murabbiy ishtirok etdi.
160 nafardan ortiq raketka ustalari qatnashgan nufuzli turnirda vakillarimiz Belorussiya, Amerika,Litva kabi davlat vakillarini ortda qoldirib, umumjamoa hisobida 1- o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Sportchimiz Islom Sultonov 1-o‘rinni egallab, g‘oliblik nashidasini surdi.
Hamyurtlarimizdan Marhabo Magdieva, Sogdiana Madalieva ,Rumiya Lutfulina, Muhritdin Radjabov, Abdulaziz Anorbaevlar bronza medali bilan cheklanishdi.
P.S. 19-27 fevral kunlari esa 8 nafar ishtirokchidan iborat jamoa Shvetsiyaning Orebro shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalkaro turnirda ishtirok etadi. Ushbu turnirlar esa sportchilarimiz uchun aprel oyida Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik bahslarini o‘taydi.
Fikrlar