
Rivaldo 45 yoshida bobo bo‘ldi (foto)
Braziliya terma jamoasi hamda Toshkentning “Bunyodkor” klubi sobiq hujumchisi Rivaldo 45 yoshida bobo bo‘ldi. Aniqrog‘i, uning Buxarestning “Dinamo” klubida to‘p suruvchi o‘g‘li Rivaldino o‘g‘il farzandi bo‘ldi.
“Quvonchli kun bo‘ldi. Bugun nabiram Davi dunyoga keldi. Bunday ne’mat uchun Xudoyimdan minnatdorman. Kelinim va o‘g‘limni tabriklayman. Bobo bo‘lish qanday baxt”, - deydi Rivaldo o‘zining "Instagram"dagi sahifasida.
Fikrlar