Rivaldo: Solari "Real"da uzoq ishlamaydi

  • 31.10.2018 09:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Braziliyalik afsonaviy futbolchi Rivaldo kuni kecha “Real”ga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlangan Santyago Solari ushbu lavozimda uzoq ishlay olmasligini aytdi.

“Solari “Real” boshqaruvida faqat bir, ikki o‘yin ishlashi mumkin. Aniqrog‘i, klub boshqa murabbiy bilan kelishuvga erishgunicha. Hozirgi paytda Solari eng yaxshi variant, lekin u “Real”ni doimiy boshqarishga tayyor emas”, - deydi Rivaldo.

Eslatib o‘tamiz, “qirollik klubi” Xulen Lopetegini iste’foga chiqargach jamoa boshqaruvi 15 kunga Santyago Solariga ishonib topshirildi. U bungacha "Real"ning o‘rinbosarlar jamoasini boshqarib kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!