
"Roma" MYuning sobiq futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Rimning "Roma" klubi "Everton" yarim himoyachisi Morgan Shneyderlinni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Corriere dello sport tarqatgan xabarga ko‘ra "bo‘rilar" 29 yoshli futbolchini jamoaning ancha yoshi o‘tib qolgan etakchisi Daniele De Rossiga munosib o‘rinbosar bo‘lishiga ishonishmoqda.
Ma’lumot uchun, Shneyderlin joriy mavsum “irischilar” safida jami 9ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta golli uzama yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “Everton” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. Transfer narxi esa 18 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar