
"Roma" baribir Malkomni qo‘lga kiritmoqchi
Rimning "Roma" klubi ham "Barselona" vingeri Malkom uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “bo‘rilar” allaqachon 21 yoshli braziliyalik futbolchining transferi borasida ishlarni boshlab yuborishgan. Eslatib o‘tish lozimki, Malkom o‘tgan yozdayoq “Roma” futbolchisiga aylanishi mumkin edi. Ammo, u yakunda “Barselona”ni tanlagan edi.
Ta’kidlash kerakki, Malkom uchun shuningdek "Tottenxem", "Everton", "Latsio" va "Guanchjou Evergrand" kabi jamoalar ham kurash olib borishmoqda.
Ma’lumot uchun, “Barselona”ga 2018 yilning yozida “Bordo”dan ko‘chib o‘tgan Malkom joriy mavsum 10ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transferi esa 40 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar