"Roma" o‘ziga yangi bosh murabbiy qidirishni boshlab yubordi

  • 04.09.2018 12:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Roma” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Eusebio Di Francheskoni iste’foga chiqarish haqida o‘ylay boshladi.

Ta’kidlash kerakki, rimliklar A Seriyaning dastlabki 3ta turidan so‘ng musobaqa jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi. Bu esa jamoaning so‘nggi 6 yil ichidagi eng yomon starti bo‘ldi.

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “Roma” rahbariyati bosh murabbiy lavozimiga ayni damda ishsiz yurgan ikki italiyalik mutaxassis Vinchentso Montella va Antonio Konte nomzodlarini ko‘rib chiqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!