"Roma" ukrainalik futbolchiga qiziqib qoldi

  • 10 yanvar, 2019, 18:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rimning "Roma" klubi "Genk" yarim himoyachisi Ruslan Malinovskiyga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda italiyalik mashhur jurnalist Janluki Di Martsio xabar bermoqda.

Tecno

Aytish lozimki 25 yoshli ukrainalik futbolchining transferi bonuslar bilan birga 12 mln evroni tashkil etadi. Malinovskiyning o‘zi ham “bo‘rilar” safiga o‘tishga rozilik bildirgan. Ushbu transfer katta ehtimol bilan mavsum yakunlangach amalga oshirilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Malinovskiy “Genk” safiga 2017 yilda kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsum belgiyaliklar safida 29ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 10ta gol va 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!