Ronaldo: Meni "Barselona"dan haydashgan

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

 

Faoliyati davomida Evropa maydonlarida "Barselona", "Inter" va "Real" jamoalari sharafini himoya qilgan Braziliya terma jamoasining mashhur hujumchisi Ronaldo nega Katalonida atigi bir yil to‘p surganining sababini aytib berdi.

- "Barselona"da katta tajriba to‘pladim, lekin u erda qolish imkoniyatim umuman yo‘q edi, - dedi Ronaldo. - Albatta, bu menga bog‘liq masala emasdi. Men Ispaniya chempionati yakunlanishiga bir oy qolganida "Barselona" bilan shartnomamni uzaytirish ga kelishib oldim. Bir haftadan so‘ng "Barselona" prezidenti va advokat menga bu kelishuv absurd ekanini ta’kidlashdi va 29 million dollar to‘lagan jamoaga o‘tkazib yuborishlarini aytishdi. Keyin Kataloniyadan haydalgandek ketishga majbur bo‘ldi.

Ronaldo "Barselona" sharafini 1996-1997 yilgi mavsum davomida himoya qilgan.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!