Ronaldu "Real"dagi jamoadoshiga "Yuventus"ga o‘tishni taklif qildi

  • 5 fevral, 2019, 16:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu "Real" Madriddagi sobiq jamoadoshi Xames Rodrigesni Turinda ko‘rmoqchi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra portugaliyalik yulduz kolumbiyalik futbolchiga qo‘ng‘iroq qilib, u bilan “Yuventus”ga o‘tish masalasini muhokama qilgan. Biroq, Xames ushbu taklifga qanday munosabat bildirgani ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli Xames so‘nggi ikki mavsumdan buyon ijara asosida “Bavariya”da to‘p surib kelmoqda. Myunxenliklarda uning transferini 42 mln evroga sotib olish huquqi mavjud. Ammo, ular buni istashmayapti va mavsum yakunlangach uni yana “Real”ga qaytarib yuborishmoqchi.

Ma’lumot uchun, Xames Rodriges joriy mavsum “Bavariya” safida jami 14ta o‘yinda ishtirok etdi va 3ta gol hamda 2ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!