Ronaldu egizaklardan so‘ng yana ota bo‘ladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yana bir bor ota bo‘ladi. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, uning rafiqasi Jorjina Rodriges ayni vaqtda homiladordir.

“Men yana farzandli bo‘lishimdan baxtiyorman”, – deb uning so‘zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo nashri.

Ilgariroq, 8 iyun sanasida surrogat onadan Ronalduning egizaklari dunyoga kelgan edi. Portugaliyalik futbolchi unga Eva va Mateu deb ism qo‘ydi. Qayd etish joiz, uning yana Krishtianu ismiga ega o‘g‘li ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!