Ronaldu o‘zining "Oltin to‘p" borasidagi asosiy raqobatchilarini tilga oldi
Turinning "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu bu yilgi “Oltin to‘p” sovrini uchun kurashda o‘ziga raqobatchi hisoblangan futbolchilarni sanab o‘tdi.
“Mening asosiy raqobatchilarim Saloh, Modrich, Grizmann, Varan hamda Mbappedir. Umuman olganda barcha frantsuzlar, chunki ularning jamoasi jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
Messi bu safar ham shoxsupaga ko‘tariladimi yoqi yo‘q, buni bilmayman. Keling yaxshisi men va Leo singari o‘n yillab shoxsupaga ko‘tariladigan futbolchilar bo‘ladimi yoki yo‘q, ko‘ramiz”, - deydi 33 yoshli portugaliyalik futbolchi France Football nashriga bergan eksklyuziv intervyusida.

Fikrlar