Ronalduni "Yuventus"ga olib o‘tgan agent endi Marseloni ham Turinga olib kelmoqchi

  • 12 iyul, 2018, 20:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh endi “Real”ning boshqa bir etakchisi – Marseloni ham Turin super klubiga olib o‘tish borasida harakatlarni boshlab yubordi.

Tecno

Corriere della Sera nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Mendesh “keksa sinora” rahbariyatini 30 yoshli braziliyalik futbolchini sotib olishga ko‘ndirmoqchi. Uning fikricha aynan Marselo “Yuventus”ni tark etishi mumkin bo‘lgan Aleks Sandroning o‘rniga eng munosib nomzod hisoblanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra Marseloning transferi “Yuventus”ga taxminan 40-60 mln evroga tushishi mumkin.

Ta’kidlash kerakki, Ronaldu va Marselo ko‘pdan buyon yaqin do‘st hisoblanishadi va Mendesh aynan portugaliyalik futbolchidan do‘stini “Yuventus”ga o‘tishga ko‘ndirishda foydalanishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!