
Ronalduning nima uchun Londondagi taqdirlash marosimiga bormaganligi sababi ma’lum bo‘ldi
“Yuventus” klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri nima uchun Krishtianu Ronalduning Londonda bo‘lib o‘tgan FIFAning taqdirlash marosimiga bormaganligini izohlab o‘tdi.
– Afsuski, biz bu marosimga bora olmadik. Bunga o‘yinlar taqvimi xalaqit qildi. “Yuventus”ning “Bolonya”ga qarshi uchrashuvi juda yaqin edi. Aynan shu sabab biz Londonga bormaslikka qaror qildik.
– Messi meni eng yaxshi murabbiylar uchligiga qo‘shibdi? Men buni bilmagandim, ammo juda xursandman. Boshqa hech narsa deya olmayman. Kecha Dide Desham tengsiz deb topildi. U bunga munosib. Terma jamoa bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritdi, – deya Allegrining so‘zlarini keltiradi Marca nashri.
“Yuventus” va “Bolonya” o‘rtasidagi o‘yin 26 sentyabr kuni Turindagi “Alyants-Yuventus” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar